Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: Turkiyaning Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishidan tashvishlanishi tabiiy holat
Alyans bosh kotibi Finlandiyaga tashrifi chog‘ida NATOning boshqa hech bir a’zosi Turkiya kabi ko‘plab terrorchilik hujumlariga uchramaganini aytdi.
Foto: Picture Alliance
Turkiyaning Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qo‘shilish istiqbollari bo‘yicha xavfsizlik sohasidagi xavotirlari o‘rinli. Bu haqda 12 iyun, yakshanba kuni alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Finlandiyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
NATOning hech bir a’zosi Turkiya kabi ko‘plab teraktlarga duch kelmagan. Shuning uchun Anqaraning tashvishini jiddiy qabul qilish kerak, dedi Stoltenberg Naantali shahrida Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashuvda.
13 iyun, dushanba kuni NATO bosh kotibi Shvetsiyada bosh vazir Magdalena Andersson va u boshchiligidagi hukumat bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqchi.
Finlandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida NATOga qo‘shilish niyatini e’lon qildi. Biroq bu davlatlarni ittifoqqa qabul qilish uchun uning barcha 30 a’zosi roziligi talab qilinadi. Ayni paytda Anqara hamon «ha» deyishga qarshilik qilmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an buni «Finlandiya va Shvetsiyada Turkiyadagi terrorchilik tashkilotlari vakillari sanalgan kurdlarga nisbatan aniq pozitsiya yo‘qligi» bilan izohladi.
Bundan tashqari, Turkiya 2019 yilda Suriyada kurdlarga qarshi harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Stokholm va Helsinki bu davlatga mudofaa mahsulotlari yetkazib berishga sanksiya qo‘yganiga qarshi chiqyapti.
Mavzuga oid
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
09:47 / 26.01.2026
Pistorius: Tramp NATO askarlari haqidagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerak
09:58 / 24.01.2026