O‘zbekiston | 15:28 / 14.06.2022
14430
4 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi mahallada hokim yordamchisi tomonidan baliq yetishtirish bo‘yicha 1 mlrd so‘mlik loyiha tashkil etiladi

Joriy yilning iyun-avgust oylarida respublika bo‘ylab viloyatlarda mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan ikki kunlik press-tur tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xabariga ko‘ra, 13 iyun sanasida ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirokida dastlabki press-tur Namangan viloyatida tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari Namangan shahrida joylashgan «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar, o‘qitish yo‘nalishlari, jalb etilgan mutaxassislar bilan tanishdi. Ushbu dargoh 28 ta yo‘nalishda 1,5 ming nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarga o‘qitib, mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minladi.

Keyingi manzil «Barkamol avlod» mahallasida kichik sanoat zonasiga bo‘lib, u yerda ishtirokchilar 4535 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishini ta’minlashi ko‘zda tutilgan 46 ta loyihalarni amalga oshirish jarayoni, «Yorkatay» MFYda tashkil etilgan «Yorkatay» kichik sanoat zonasidagi 796 ta yangi ish o‘rni yaratishga qaratilgan 26 ta loyihalar bilan tanishdi.

Uychi tumanidagi «Xo‘jaobod» MFYda chinni buyumlariga ishlov berish kooperatsiyaga tashrif davomida press-tur ishtirokchilari chinni buyumlarga turli dizaynlarda naqshlar bilan ishlov berish hamda ularni tayyorlash jarayonini ko‘zdan kechirdi, bu kooperatsiyani tashkil etish orqali 45 ta xonadonda aholi bandligi ta’minlangan.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Sohil» MFY hududida «Uchqo‘rg‘on forel baliqlari» MChJ tomonidan tashkil etilgan, umumiy qiymati 34 mlrd so‘mlik, 700 nafar ish o‘rniga ega bo‘lgan baliqchilik kooperatsiyasida bo‘lib, baliqchilik kompleksi tuzilishi, aholiga ajratilishi, baliqlarni oziqlantirish, ular turlari bilan tanishdi. 

Shuningdek, «Farovon» MFYda hokim yordamchisi tomonidan tashkil etilgan, umumiy qiymati 1 mlrd so‘m bo‘lgan baliq yetishtirish loyihasi ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha orqali 35 nafar doimiy ish o‘rni va 35 nafar kooperatsiya asosida ishchi o‘rni yaratiladi.

Press-tur ishtirokchilari keyingi manzili Namangan shahridagi «Yangi asr» MFYda «Ismoil sanoat standart» MChJ korxonasi tomonidan tashkil etilgan «Nazman textile» brendi ostidagi tikuvchilik korxonasi bo‘ldi. Korxona umumiy qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etib, eksport hajmi 550 ming dollarga teng bo‘lgan holda, 65 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Namangan tumanida joylashgan «Olaxamak» MFY hududidagi Olaxamak kasb-hunar kollejida 22 ta yo‘nalishda 1400 nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o‘quv markazi, «Namangan Navro‘z gullari» MChJ tomonidan tashkil etilgan gul yetishtirish yo‘nalishidagi issiqxonalar hamda tashkil etilayotgan gulchilik markaziga tashrif tashkil etilib, loyiha yo‘nalishlari va maqsadlari, gul yetishtirish jarayonlari bilan tanishildi. Loyiha umumiy qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

14 iyun kuni Namangan viloyatining Davlatobod, Kosonsoy va Pop tumanlarida press-tur tadbirlari davom ettiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid