O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni oshirishni rejalashtirmoqda
7 iyun kuni bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Buyuk Britaniya davlat kotibi xalqaro savdo bo‘yicha o‘rinbosari (eksport vaziri) Mayk Frirni qabul qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo rivojidagi ijobiy tendensiyalarni qayd etdi. 2021 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 65 foizga, O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga eksport hajmi esa 2,5 baravar oshgan.
O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun britaniyalik investorlarni jalb qilish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun «GSP Enhanced Framework» tizimi imtiyozlaridan samarali foydalanish bo‘yicha treninglar va amaliy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.
Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya korxonalari soni 40 foizga oshgani ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik, biofarmatsevtika, to‘qimachilik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun Britaniya yangi kompaniyalarini jalb qilish doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yil oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan savdo va sanoat bo‘yicha 26-O‘zbekiston-Britaniya kengashiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldi. Tadbir ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy sheriklik yangi “o‘sish nuqtalarini” belgilash hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti istiqbolli tarmoqlariga Britaniya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024