Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan Sardor Öktamoviç Umrzoqov Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Şu munosabat bilan u Özbekiston prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi (prezidentning strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimi tugatildi).

Sardor Umrzoqov (1977 yilda tuğilgan) Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, söngra Reding universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasida öqişni davom ettirgan, PhD darajasiga ega.

Uzoq vaqt davomida Özbekiston bank tizimida va xorijda – Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya), şuningdek, moliya organlari tuzilmasida, xususan, vazirlik ğaznaçiligida mas’ul lavozimlarda işlagan.

Öz faoliyati davomida «Özbekçarmpoyabzali» uyuşmasi boşqaruvi raisi maslahatçisi (2014−2017), rais örinbosari (2017–2018) va «Özçarmsanoat» uyuşmasi raisi (2018–2019) lavozimlarida işlagan.

2019 yil yanvar oyida u Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlangandi, 2020 yil mart oyida boş vazir örinbosari bölgan. 2022–2023 yillarda prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan.

2025 yil iyul oyidan beri prezidentning strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Abdulla Abduqodirov / Kun.uz

Prezident huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligiga 2026 yil mayidan buyon Abdulla Abduqodirov (v.b) rahbarlik qilayotgandi. U 2022 yil dekabridan buyon uşbu agentlik direktori örinbosari bölib işlagan.

Prezident matbuot xizmati xabarida Abdulla Abduqodirov boşqa işga ötişi munosabati bilan agentlik rahbarligidan ketgani ma’lum qilingan.