Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi
Joriy yilning 15-17 iyun kunlari Senat raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.
Senat xabariga ko‘ra, AQSh Kongressi, shuningdek, to‘qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to‘qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro hamkorligi bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
AQSh ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekiston to‘qimachilik industriyasi savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 10 iyun kuni Tanzila Norboyeva Shveytsariyaning Jyeneva shahriga qilgan tashrifi doirasida “Xotin-qizlar iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtiroki: milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi yaxshi amaliyotlar” mavzusidagi panel muhokamalarida ishtirok etgandi.
Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ayollarni davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda gender siyosatini amalga oshirish tajribasiga e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026