Davra suhbati Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi hamda "Mintaqaviy muloqot" xalqaro nodavlat taşkiloti (Sloveniya) bilan birgalikda Özbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va AQŞ davlat departamenti giyohvand moddalarni nazorat qiliş va huquq byurosi kömagida taşkil etildi. 

Tadbirda Mass-media fondi direktori Nozima Davletova, "Mintaqaviy muloqot" XNT rahbari Myuşa Sever, AOKA direktori Asad Xöjayev, Senat va Qonunçilik palatasi, Oliy sud, manfaatdor xalqaro va xorijiy taşkilotlar vakillari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalar, tegişli davlat organlari, jamoat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Davra suhbatida mass-media faoliyati keng kölamli masalalari – mazmunli kontentdan tortib Özbekistonning jahon sahnasidagi imijini yaxşilaş strategiyasigaça bölgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

OAVda gender masalalarini yoritişga hamda uşbu mavzudagi materiallar ayollar huquq va qadr-qimmatini buzmasligi, aksinça ularning jamiyat va global jarayonlar şakllanişidagi örnini oçib berişi uçun nima qiliş kerakligiga katta e’tibor qaratildi.

Sud va sud organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş masalasiga ham töxtalib ötildi. Mutaxassislar mamlakatda uşbu soha bugungi holati va istiqbollarini baholab, xorijiy tajriba muvaffaqiyatli namunalaridan foydalangan holda Özbekistonda qaysi jihatlarni moslaştiriş va amalga oşiriş mumkinligini aniqlaşga harakat qildi.

Milliy axborot qonunçiligini takomillaştiriş va unifikatsiyalaş hamda Axborot kodeksini işlab çiqiş zarurligi alohida masala sifatida körib çiqildi.

Axborot sohasini tartibga solişga qaratilgan amaldagi qonunlarni unifikatsiyalaşga möljallangan Axborot kodeksi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bölişi lozim:

  • ma’lumotlarni himoya qiliş;
  • şaxs axborot xavfsizligini ta’minlaş (inson axborot olişga bölgan ehtiyojini qondiriş va uning axborot muhitida xavfsiz iştirok etişi);
  • davlat axborot xavfsizligini ta’minlaş (axborot sohasida hayotiy muhim manfaatlarni himoya qiliş) va boşqalar.