Apple kompaniyasi Tramp boşlagan savdo uruşi fonida kelasi yildan AQŞ bozori uçun möljallangan barça iPhone smartfonlarini işlab çiqarişni Xitoydan Hindistonga köçirişni rejalaştirmoqda, deb yozdi Financial Times.
Apple avvaldan ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilişga intilgan, ammo endi bu jarayonni tezlaştiriş niyatida, deb yozdi naşr.
Kompaniya har yili Qöşma Ştatlarda sotiladigan 60 million dona iPhone smartfonlarining barçasini 2026 yil oxirigaça Hindistonda yiğişni maqsad qilgan – buning uçun mamlakatda qurilmalar işlab çiqarişni ikki barobar oşiriş kerak böladi.
Apple sönggi yillarda Foxconn va Tata Electronics bilan şartnomalar tuzib, Hindistonda işlab çiqarişni köpaytirişga harakat qilgan bölsa-da, iPhone smartfonlarining asosiy qismi hali ham Xitoyda işlab çiqariladi.
Xitoy bu yil AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan eng katta bojlarning nişoniga aylandi. Biroq, Tramp Pekin bilan savdo bitimi tuzişga umid qilmoqda.
Vaşington aprel oyi boşida Hindiston importiga 26 foizlik bojni e’lon qildi, biroq qarorning amal qilişi töxtatildi.
International Data Corporation ma’lumotlariga köra, ötgan yili global iPhone sotuvining qariyb 28 foizi AQŞ hissasiga töğri keldi.












