2022 yilning 14-29 dekabr kunlari jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilingan Axborot kodeksi loyihasi yuzasidan jurnalist va blogerlar, faollar tomonidan 80 ga yaqin taklif va mulohazalar bildirildi. AOKAning bildirişiça, mazkur taklif va e’tirozlarning har biri örganilgan holda loyihaning tegişli joylari qayta işlanadi va Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan ötkaziş uçun qayta kiritiladi.
Şuningdek, 2023 yil mart-aprel oylariga qadar Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan ötkazilgan hamda kelişilgan loyiha matni YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi hamda OAV masalalari böyiça vakili kabi xalqaro ekspertlarga örganiş uçun yetkaziladi.
«Axborot kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi qonun loyihasidagi «xavfli modda»
May-iyun oylarida xalqaro taşkilotlarning takliflari asosida tayyorlangan kodeks loyihasi OAV vakillari va jurnalistlar iştirokida davra suhbatida şaklida muhokama ötkaziladi.
AOKAning qöşimça qilişiça, Axborot kodeksi loyihasi Oliy Majlisga kiritilgaç, Qonunçilik palatasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilinsa, loyiha matni quyi palataning rasmiy saytida e’lon qilinişi kerak. Bunday tartib «Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Reglamenti töğrisida»gi qonunning 15-moddasida hamda Quyi palata reglamentining 142-moddalarida mustahkamlangan.
Ma’lumot uçun, muhokamaga çiqarilgan Axborot kodeksi 131 moddadan iborat bölib, sohaga doir 8 ta qonunni unifikatsiya qiladi. Hujjat – Özbekistonda axborotdan foydalaniş, uni erkin va moneliksiz izlaş, oliş hamda tarqatişga doir jarayonlarni tartibga solişni maqsad qilgan.
Muhokamaga qöyilgan Axborot kodeksi loyihasida senzura qiliş, axborotni yaşiriş va OAVni jazolaş uçun «lazeykalar» bor. Şuningdek, jurnalistlarning nafaqat parlament, balki hukumat yiğilişlariga ham erkin kirişi, OAVning dronlardan foydalanişiga ruxsat berilişi kabi yangiliklar ham yöq emas. Kun.uz uşbu hujjat loyihasining eng muhim nuqtalariga e’tibor qaratib, öz takliflarini bergan edi.










