Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya taraqqiyot banki Farg‘onada ichimlik suvi tizimiga 200 mln yevro ajratishi mumkin
KfW Germaniya taraqqiyot banki Farg‘ona viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurishga 200 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi reja qilinmoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov KfW Germaniya taraqqiyot banki loyiha ma’lumotlari boshqaruvi menejyeri Lea Tereza Shtuf boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda KfW Germaniya taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilayotgan Farg‘ona viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha uchun 49 mln yevro Germaniya taraqqiyot banki granti ajratilmoqda, loyiha qiymatidan kelib chiqib 150 mln yevrogacha 15 yillik imtiyozli kredit ham taqdim etiladi. Loyihaviy-baholash hujjatini tayyorlash uchun ham KfW tomonidan 3 mln yevro grant ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida joylashgan hamda atrof hududlardagi shahar va tumanlarga ham xizmat ko‘rsatuvchi oqova suv tozalash inshootlarini, ushbu hududlardagi ichimlik suvi tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani tegishli vazirliklar hamda respublika idoralari bilan kelishish jarayoni davom etmoqda.
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanini ta’kidlagan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kelgusi oyda viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi farg‘onalik tadbirkor va ishbilarmonlardan iborat delegatsiyaning Germaniyaga tashrifi amalga oshirilishini ma’lum qildi.
KfW Germaniya taraqqiyot banki vakillari bugun Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida bo‘lib, mavjud ichimlik suvi va oqova suv tizimlari bilan tanishadi.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
10:35 / 22.06.2026