Qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka bir qator o‘zgarishlar kiritildi
Prezident “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.
Norma’ning yozishicha, tegishli qonunchilikka bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Prokuratura xodimlari xizmat qurollariga nisbatan huquqlari kengaytirildi. Prokuratura xodimlariga xizmat qurolini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqi berildi. Tegishli o‘zgartirish «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun 48-moddasi 2-qismiga kiritildi. Ilgari, ular faqat o‘qotar qurolni olib yurish huquqiga ega edi.
Jinoyat kodeksi 249-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, jinoiy javobgarlik o‘qotar qurolni va o‘q-dorilarini, pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odam o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa yuzaga keladi. Oldingi tahrirda, jinoiy javobgarlik o‘qotar qurol yoki unga mo‘ljallangan o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, nazarda tutilgan edi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 90-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun jarima miqdori oshirilgan - Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish.
185-modda quyidagilarni nazarda tutadigan yangi tahrirda bayon etildi:
- pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish;
- o‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish;
- tig‘li sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish.
MJTK quyidagilarni nazarda tutuvchi 220-1-modda bilan to‘ldirildi:
- pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlari tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston hududidan olib chiqish, O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tish;
- pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlari tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish.
«Qurol to‘g‘risida»gi qonun 13-moddasi ham o‘zgartirildi. Yangi tahririda, fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga O‘zbekistonning yigirma besh yoshga to‘lgan fuqarolari ega. Ilgari 21 yoshni tashkil qilar edi.
Qonun qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv hamda qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibini nazarda tutuvchi 13-1- va 13-2-moddalari bilan to‘ldirildi.
O‘zgartirishlar vakolatli organlar sohasida ham yuzaga keldi. Ilgari Milliy gvardiyaga tegishli bo‘lgan vakolatlar endi IIVga o‘tkazildi. Bularga quyidagilar uchun ruxsat berish huquqi kiradi:
- qurollarni olib kirish va olib chiqish;
- yuqori darajadagi qurollarni saqlash va olib yurish;
- ular uchun qurol va o‘q-dorilarni yig‘ish va ko‘rsatish.
«Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi qonun 25-moddasi 2-qismi yangi tahrirda bayon etildi va unga ko‘ra, yo‘lovchilarga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi. Ilgari bunday taqiq bo‘lmagan.
Mavzuga oid
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 14.10.2024
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
09:20 / 14.10.2024
Zelenskiy ukrain qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
07:50 / 25.09.2024