Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash uslubiyoti e’lon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash uslubiyotiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi.
Reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- birinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslar yaratilgan hamda amaliyotga tatbiq etilgan;
- ikkinchi yo‘nalish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgani;
- uchinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlari rahbarlari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlari mavjudligi;
- to‘rtinchi yo‘nalish — xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgani;
- beshinchi yo‘nalish — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari samaradorligi.
Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslar yaratilgani va amaliyotga tatbiq etilgani indikatorini tahlil qilishda davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlar qabul qilingani va yangilab borilgani tahlil qilinadi:
- korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;
- odob-axloq qoidalari;
- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
- manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom;
- aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti;
- xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;
- kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma;
- ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
- korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;
- korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
- korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha reglament;
- davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom.
Mavzuga oid
08:50
Dunyoda yashash uchun eng qulay davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi
08:46 / 14.07.2026
Dunyoda eng ko‘p tankka ega davlatlar ma’lum qilindi
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026