Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 5 oyda 80 mln dollarlik mobil telefonlar olib kelindi
O‘zbekistonga 5 oyda 1,1 mln dona telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln dona mobil telefon import qilingan.
Qayd etilishicha, telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 216 311 donaga oshgan.
O‘zbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan. O‘zbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 846 504 dona;
- Vetnam – 128 407 dona;
- Hindiston – 73 371 dona;
- BAA – 47 112 dona;
- Qozog‘iston – 4030 dona;
- Koreya – 1 586 dona.
Oylar kesimida telefon importi:
- yanvar – 129 766 dona;
- fevral – 284 461 dona;
- mart – 286 056 dona;
- aprel – 276 362 dona;
- may – 124 393 dona.
Mavzuga oid
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
11:22 / 27.02.2026
O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi ortib bormoqda
13:21 / 25.02.2026
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
12:39 / 25.02.2026