Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus poytaxti o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni ortadi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Belarus transport va kommunikatsiya vaziri Aleksey Avramenko bilan onlayn shaklda muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ma’lumotga ko‘ra, uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Belarus poytaxti o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:15 / 13.07.2026
O‘zbekistonliklar Belarusda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin bo‘ladi
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
10:05 / 10.07.2026