Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Ukrainaga berilgan harbiy yordam bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
Bayden prezidentlikka kelganidan buyon Kiyevga 6,3 mlrd dollarlik, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon 5,6 mlrd dollarlik harbiy yordam taqdim etilgan.
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
AQSh mudofaa vazirligi mamlakatni Jo Bayden boshqarishni boshlaganidan buyon Ukrainaga berilgan harbiy yordam bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.
Hujjatga ko‘ra, Bayden prezidentlikka kelganidan buyon Kiyevga 6,3 mlrd dollarlik, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon 5,6 mlrd dollarlik harbiy yordam taqdim etilgan.
Bu yordam o‘z ichiga 1,4 mingdan ortiq Stinger, 6,5 mingdan ortiq Javelin raketa majmualari, 20 mingta tankka qarshi boshqa turdagi majmualar, 700dan ortiq Switchblade dronlari, 126ta 155 millimetrli gaubitsalar va ularga 260 ming dona snaryad, 20ta Mi-17 vertolyoti, 200ta M113 bronetransportyor va boshqa qurollarni o‘z ichiga oladi.
«Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘zini mudofaa qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va taqdim etish maqsadida ittifoqchi va hamkorlari bilan ishlashda davom etmoqda», — deyiladi hisobotda.
Avvalroq AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi 2023 yil uchun harbiy budjetni ma’qullagandi. Unda Ukraina xavfsizligini ta’minlashga yordam berish uchun 800 mln dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026