Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida iqtisodiy forum ötkazildi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin iştirok etib, uzoq nutq sözladi.
Putinning nutqi bir soat keçikib boşlandi. Peskovning aytişiça, forum tizimiga DDoS hujumlar bölgani sabab Putin nutqini keçiktirişga qaror qilgan. Hujum oqibatida jurnalistlarning akkreditatsiyasi bilan boğliq muammo paydo bölgan.
Quyida uning nutqidagi asosiy iqtiboslar keltiriladi.

«Amerikaliklar özini Xudoning yerdagi elçisi deb hisoblay boşlaşdi»
Putin nutqi davomida dunyoda ortiq bir tomonlama tartib bölmasligi haqida gapirib AQŞga işora qildi: «AQŞ sovuq uruşda ğalaba qozonganini e’lon qilib olib özlarini göyoki Xudoning Yerdagi elçisi deb hisoblay boşlaşdi. Ularda majburiyat yöq, faqat manfaat bor. Ular oxirgi ön yilda dunyoda yangi markazlar paydo bölganini göyoki körmayotgandek. Ular öz mustaqilligi, suverenitetini himoya qilişga haqli.
Hammasi avvalgidek böladi deb öylaşyapti, bunday bölmaydi. Dunyodagi tartibning bir tomonlama örnatilişi tugadi. Ğarbdagilar ötgan asr ölçovlari bilan fikrlab, qolganlarni ikkinçi darajali, koloniyalar deb bilişadi. Kimdir ularga böysunmasa, hisobdan çiqarişadi.
Xalqaro munosabatlar bir tomon manfaatlari uçun yönaltirilmoqda. Boşqaça aytganda «öyin bitta darvozaga bölmoqda». Rossiyani yakkalab qöyişning esa imkoni yöq. Hamon birga işlamoqçi bölganlar bilan hamkorlik qilişga tayyormiz. Bizni sayyoradagi aksar odamlar qöllaydi, yaxşisi ularni sanamay qöya qolay», dedi Putin.
«Sanksiyalar kor qilmadi»
Rossiya prezidentining aytişiça, mamlakatga qarşi kiritilgan sanksiyalar kor qilmagan: «Iqtisodiy blitskrig sodir bölmadi, Rossiya hukumati töğri işladi, xalqimiz barçasini tuşunib harakat qildi, dollar 200 ga çiqib ketadi, degan gaplar özini oqlamadi. Inflatsiyani jilovladik, imtiyozli ipotekalarni saqlab qoldik, hatto 7 foizgaça tuşirmoqçimiz. Muhtoj qatlamga yordam beryapmiz, xullas sanksiyalar kor qilmadi.
Dunyodagi iqtisodiy holat yomonlaşganiga bizning aloqamiz yöq, hammasiga Yevropa Ittifoqi va AQŞ aybdor. Rossiyaning «maxsus harbiy amaliyoti» ular uçun qutqaruvçi vazifasini ötadi, endi hamma aybni bizga tönkaşadi. Narx-navo Donbassdagi «operatsiyamiz» boşlanişidan ança avval osmonga çiqib ketib bölgandi, hali yana kötariladi va AQŞ, YeI bunga aybdor böladi. Rossiyaning bunga aloqasi yöq, biz portlarni minalaştirganimiz yöq. Marhamat, minalarni tozalab, eksport qilaverişsin, biz ham oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilişga tayyormiz», dedi Putin.












