Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Putin kortejiga harbiy mashina hamrohlik qilmoqda
RF prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘istonga uch kunlik tashrifi xavfsizlik choralari qattiq kuchaytirilgan sharoitda o‘tmoqda.
Mahalliy aholi vakillari va jurnalistlar tomonidan olingan videoroliklarda Putinning kortejiga 14 ta mototsikl, o‘nlab avtomobillar hamrohlik qilgani, yuqoridan esa kortejni vertolyot qo‘riqlab borganini ko‘rish mumkin.
«Agenstvo» nashri e’tibor qaratishicha, kortej tarkibidagi ayrim avtomobillarga dronlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan radioelektron kurash vositalari o‘rnatilgan, shuningdek, kortejdan tom qismida pulemyotchi uchun joy bo‘lgan zirhli mashina ham o‘rin olgan.
Astanada olingan kadrlarda Putin o‘tayotgan yo‘llar bo‘ylab avtomat ko‘targan harbiylar joylashtirilgani, ba’zi joylarda kirish yo‘llari zirhli texnikalar bilan to‘sib qo‘yilgani ham ko‘rinadi.
May oyida CNN va Financial Times Yevropa mamlakatlaridan birining razvedka xizmatiga tayanib, Federal qo‘riqlash xizmati (FSO) Putinga suiqasd uyushtirilishidan xavotirda ekani, shu tufayli xavfsizlik choralari keskin kuchaytirilgani haqida xabar bergandi. Xususan, Putin tashrif buyuradigan joylar ro‘yxati jiddiy darajada qisqartirilgan – u hatto Moskva yaqinidagi va Valdaydagi o‘z qarorgohlariga borishni ham to‘xtatgan. U endi ko‘p vaqtini bunkerlarda o‘tkazmoqda. «Agenstvo» RF prezidenti 2025 yil noyabridan buyon regionlarga chiqmagani va ommaviy tadbirlarda deyarli ko‘rinish bermayotganiga e’tibor qaratgan.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026