O‘zbekiston | 19:43 / 18.06.2022
9658
5 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Sho‘rtan boshqarmasidagi qazib chiqarish jarayonlarini qayta tiklash ishlari holatini o‘rgandi

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘lib, qurilmalar faoliyatini qayta tiklash ishlari bilan tanishdi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Joriy yilning 17 iyun kuni soat 14-00 da “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “ShGKM-220/110/6 kV” nimstansiyasidan chiquvchi “Kimyo-1,2” 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida bir vaqtning o‘zida elektr energiyaning uzilishi sababli texnologik qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir bo‘lgandi.

Boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganish maqsadida, barcha qurilmalardagi ish jarayonlarini joyida o‘rgandi.

Elektr energiyasi uzatilishi tiklanishi bilan tezkorlikda ushbu stansiyalardagi gaz haydash agregatlarini ishga tushirilib kunlik qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini qayta tiklash ishlari bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari “Sho‘rtan” boshqarmasining “KMPO” siquv kompressor stansiyasida ham bo‘ldi va bu yerda elektr energiyasi uzilishi oqibatida avariyali ishdan to‘xtagan gaz haydash agregatlarini ishga qo‘shish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tabiiy gaz qazib chiqarishni qayta tiklash bo‘yicha konlarda zarur tezkor chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha boshqarma rahbariyati va tegishli departament mutaxassislariga vazifalar belgilab berildi.

Texnologik jarayonlardagi mavjud muammolarga qaramay ularni qisqa muddatda bartaraf etib, 2022 yilda uglevodorodlar qazib chiqarish bo‘yicha bajarilishi belgilangan ko‘rsatkichlar amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Kimyo-1,2 havo elektr tarmoqlaridagi elektr uzilishini har tomonlama o‘rganib chiqish hamda siquv kompressor stansiyalarini elektr ta’minoti tizimining ishonchliligi oshirish uchun muqobil elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘nalishida boshlangan ishlarni tezlashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar belgilab berildi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Boshqaruv raisi tashrif davomida, gaz haydash agregatlarini qisqa vaqtda ishga qo‘shishida faol ishtirok etilganini hamda ishchi-xodimlarning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib mehnat qilayotganlarini e’tirof etib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kimyo-1,2 havo elektr tarmoqlarida elektr uzilishi natijasida boshqarmaga qarashli barcha texnologik qurilmalari va “Bateman” (4 ta), “KMPO” (5 ta), “Shimoliy Nishon” (3 ta) hamda “Sho‘rtan” bosh inshootida joylashgan tozalangan gazni magistral gaz quvurlariga uzatuvchi (4 ta) kompressor stansiyalarida jami 16 ta gaz haydash agregatlari to‘liq va gazni qayta ishlash texnologik qurilmalari qisman me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtagan edi.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab yuzaga kelgan avariyaviy to‘xtalishlar natijasida esa 17-18 iyun kunlari davomida "O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi boshqarmalar va korxonalar tomonidan jami 6,9 mln kub metr tabiiy gaz, 430 tonna gaz kondensati, 171 tonna suyultirilgan gaz, 22 tn polietilen mahsulotlari qazib va ishlab chiqarilmadi.

18 iyun soat 18:00 ga qadar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli KMPO siquv kompressor stansiyasidagi 500-sonli gaz haydash agregatiga yetgan zarar tufayli ishga tushirilmaydi.

Qolgan barcha siquv kompressor stansiyalari va texnologik qurilmalar to‘liq ish rejimi tiklangan bo‘lib, barqaror ishlab kelmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid