3 sotixda 30 xil hosil - kichik hovlidagi katta tomorqa
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Gulqishloq mahallasida yashovchi Ko‘paysin Inomova oilasi bilan birga 3 sotixli tomorqasida ba’zilar 15-20 sotixda ololmagan hosil va daromadini olishga harakat qilmoqda.
Qopga ekilgan kartoshka, uning yoniga ekilgan rayhon, turli gullar, makkajo‘xori, bulg‘or qalampiri, pomidor, bodring va yana ko‘plab sabzavotlarni hamda har xil meva, gullarni 3 sotix yerda yetishtirayotgan Ko‘paysin Inomova tomorqadagi bir qarich yerni ham bo‘sh qoldirmagan. U turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabirasi bilan birga kichik tomorqadan katta hosil olish usulini yo‘lga qo‘ygan.
Tomorqa kichkina bo‘lishiga qaramasdan, ekinlarga tabiiy o‘g‘it yetkazish maqsadida biogomus ham yetishtirilmoqda.
Bizni hayratga solgan holat birgina sabzi o‘simligining uch mavsum qilib yetishtirilishi bo‘ldi. Ya’ni hozirgisi erta pishgan, nish otib yerdan kurtaklari chiqqan oraliq va endi ekishga mo‘ljallangan kuzgi sabzi.
Tomorqada bir mahsulot pishib tugashi bilan o‘rniga boshqa sabzavot ekiladi. Kichik issiqxonadagi limon va mandarinlar ostiga esa bulg‘or qalampiri, o‘sma va boshqa o‘simliklar ekilgan.
Qahramonimizning aytishicha, oilada ish har kun bomdod namozidan keyinoq boshlanadi. Tomorqadagi ishlaridan tashqari o‘g‘li Abdunazar Inomov opalubka (beton quyish ishlarida ishlatiladigan moslamalar) ijaraga berish, yuk tashuvchi mototsikl bilan aholiga qurilish va xo‘jalik mollarini tashish orqali pul topadi.
“Tomorqadan daromad olish yoki ro‘zg‘orga mahsulotlar yetishtirishda dangasalik qilish yoki bahona qilish yaramaydi”, deydi Ko‘paysin opa.
Uning fikricha, ikki tup pomidor yoki ikkita sabzi yoki bodring ekib, uni parvarish qilib, undan urug‘ini olish va undan ko‘chat yetishtirib sotish yoki uni parvarishlab tirikchilik qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
-
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 09:38
Mavzuga oid

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi

21:20 / 19.02.2025