07:31 / 21.06.2022
2710

Fuqarolar moliyaviy nazorat organlari faoliyatini baholay boshlaydi

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • «Davlat auditi» dasturiga fuqarolar tomonidan tanlanishi mumkin bo‘lgan nazorat obektlari ro‘yxatini kiritish;
  • fuqarolar tomonidan eng ko‘p marotaba tanlangan nazorat obektlarida nazorat tadbirini o‘tkazish tartib-taomillari;
  • davlat moliyaviy nazorati organi va ichki audit xizmatlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash tartibi.

Nazorat obektini aniqlashda ishtirok etish uchun fuqarolar «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatdan o‘tadilar. Fuqarolarni «Davlat auditi» dasturida autentifikatsiyalash elektron raqamli imzo vositalari, mobil telefon raqamlari, shaxslarning biometrik ma’lumotlari, Mobil-ID, Face-ID, boshqa usullar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolar tomonidan tanlanishi mumkin bo‘lgan nazorat obektlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmaydi:

  • vakolatli tuzilmalar yillik rejasiga kiritilgan nazorat obektlari;
  • oxirgi ikki yil mobaynida tanlangan va nazorat tadbirlari o‘tkazilgan nazorat obektlari;
  • moliyalashtirish davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir sifatida e’tirof etilgan vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi nazorat obektlari.

 Baholash natijalari o‘rtacha bahosidan kelib chiqib vakolatli tuzilmalar xodimlari natijalari quyidagicha belgilanadi:

  • 5 ball bo‘lgan xodim — «namunali»;
  • 4 ball bo‘lgan xodim — «yaxshi»;
  • 3 ball bo‘lgan xodim — «qoniqarli»;
  • 3 ballgacha bo‘lgan xodim — «qoniqarsiz».

Baholash natijalari reytingi bo‘yicha:

  • «namunali» deb topilgan xodimga — lavozim maoshining 25 foizi;
  • «yaxshi» deb topilgan xodimga — lavozim maoshining 15 foizi;
  • «qoniqarli» deb topilgan xodimga — lavozim maoshining 5 foizi miqdorida pul mukofoti berish orqali rag‘batlantirish amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
Top