Germaniya va Slovakiya Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida kelisha olmayapti
O‘zaro yetkazib berish doirasida Bratislava 30 ta T-72 tankini Kiyevga topshirishni rejalashtirgan, deb yozadi Business Insider. Biroq, Berlin buning evaziga juda kam tank taklif qildi.
Germaniya va Slovakiya tomonidan so‘nggi ikki oy davomida rejalashtirilgan o‘zaro yetkazib berish doirasida og‘ir qurollarni Ukrainaga topshirish Berlin va Bratislava o‘rtasida kelishuv yo‘qligi sababli kechiktirilmoqda, deb xabar berdi Business Insider 20 iyun, dushanba kuni.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Slovakiya sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan 30 ta T-72 tankini Kiyevga topshirishga va buning evaziga Germaniyadan zamonaviyroq tanklar olishga tayyorlanayotgandi. Ammo o‘tgan hafta Berlin kompensatsiya sifatida 15 ta «Leopard-2A4» tankini taklif qilganidan so‘ng, Bratislava ikki tomonlama yetkazib berishdan bosh tortdi. Slovakiya rasmiylariga ko‘ra, bu mamlakatni himoya qilish uchun yetarli emas.
Aprel oyi oxirida Germaniya bundestagi Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berishni ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Deputatlarning 586 ovoz bilan qabul qilingan qarorida Germaniya hukumati «Ukrainaga zarur bo‘lgan uskunalarni yetkazib berishni davom ettirish va tezlashtirish, shu bilan birga, og‘ir va murakkab qurol tizimlarini uzatishni kengaytirish» chaqirig‘i mavjud.
Buning uchun Germaniya sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan va Ukraina harbiylari yaxshi biladigan Sharqiy Yevropa mamlakatlari zaxiralaridan keladigan og‘ir texnika uchun kompensatsiya to‘lashga va’da berdi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024