O‘zbekiston | 07:40 / 22.06.2022
10707
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chalardagi korrupsiya holatlari haqida ma’lumot berildi

AOKAda Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Oybek Turdiyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda bolalar bog‘chalaridagi korrupsiya holatlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: t.me/aokamediakontent

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 43-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi Urganch shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining biriga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, tamagirlik yo‘li bilan 2 million so‘m olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limida 50,1 mln so‘m budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlanib, tegishli shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident qarori talablariga zid ravishda 4 ta holatda vazirlik ruxsatisiz davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi yer uchastkalari berib yuborilgani holatlari aniqlangan. 

Bildirilishicha, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

Mavzuga oid