Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BRIKS mamlakatlari BMT Xavfsizlik kengashi va JSTni isloh qilishga chaqirdi
Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika JSTni isloh qilish vaqti «allaqachon yetib kelgan» deb hisoblamoqda.
Foto: RIA Novosti
BRIKS mamlakatlari BMT Xavfsizlik kengashi va Jahon savdo tashkiloti isloh qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda xalqaro uyushma sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma deklaratsiyasida ma’lum qildi.
Deklaratsiyaga ko‘ra, BRIKS mamlakatlari xalqaro tizimda BMTning markaziy rolini saqlab qolish tarafdori. Shu bilan birga, BRIKS «BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish borasidagi munozaraga yangi hayot bag‘ishlashga tayyor».
Ta’kidlanishicha, Xitoy va Rossiya Braziliya, Hindiston va JARning «BMTda yanada sezilarli rol o‘ynashga urinishi»ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, BRIKS mamlakatlari Jahon savdo tashkilotining ishini o‘zgartirishga chaqirdi.
Shuningdek, BRIKS mamlakatlari Jahon savdo tashkilotini «JST ruhi va qoidalariga zid keluvchi bir tomonlama va proteksionistik choralarni qo‘llamaslikka» da’vat qildi.
BMT Xavfsizlik kengashiga AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kiradi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT tizimini isloh qilish vaqti kelganini aytgandi.
«BMTga a’zo 193 mamlakat taqdirini besh mamlakat belgilaydigan tizim adolatdan emas. Tizim qayta isloh qilinishi kerak. Dunyodagi mamlakatlar beshtadan ko‘pligini gapirganimizda butun insoniyatning huquq va umumiy manfaatlarini himoya qilishga urinamiz, buni o‘z mamlakatimiz manfaati uchun gapirmaymiz», - degandi u.
Mavzuga oid
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:35 / 20.04.2026