Dunyoning eng boy kriptomilliarderlari uch oy ichida 61 mlrd dollardan ko‘proq pul yo‘qotdi
Ularning to‘rt nafari milliarder maqomidan ayrildi.
Kriptovalutalar orqali boyigan dunyoning eng badavlat 11 nafar milliarderi uch oy ichida 61,4 mlrd dollar yo‘qotdi.
Ularning to‘rt nafari milliarder maqomidan ayrildi. Ular orasida venchur investori Tim Dreyper ham bo‘lib, uning boyligi mart oyidan buyon 1,2 mlrd dollardan 647 mln dollarga kamaydi.
Coinbase kriptobirjasi hammuassisi va sobiq prezidenti Fred Ersamning mablag‘i miqdori 2,1 mlrd dollardan 895 mln dollarga tushdi.
MicroStrategy kompaniyasi asoschisi Maykl Seylorning boyligi mart oyida 1,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 711 mln dollarga tushib qoldi.
FTX kriptobirjasi hammuassisi Sem Benkman-Frid hozirda dunyoning eng badavlat kriptomilliarderi bo‘lib turibdi – uning boyligi 4 mlrd dollarga kamayib, 20 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Ilgari dunyoning eng boy kriptomilliarderi bo‘lgan, Binance birjasi asoschisi Chanpen Chjaoning boyligi uch oy ichida 65 mlrd dollardan 18,7 mlrd dollarga kamaydi.
Coinbase hammuassisi va direktori Brayan Armstrong bu davr ichida 4,4 mlrd dollar yo‘qotdi (uning boyligi 2,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda).
Ripple blokcheyn-kompaniyasi hammuassisi va direktori Kris Larsenning boyligi 4,3 mlrd dollardan 3 mlrd dollarga, Kemeron va Tayler Uinklvosslarning boyligi (Gemini kriptobirjasi asoschilari) 4 mlrd dollardan 3,2 mlrd dollarga, Jyed MakKalebning boyligi 2,5 mlrd dollardan 2,1 mlrd dollarga, Metyu Roszakning boyligi 1,4 mlrd dollardan 1,2 mlrd dollarga qisqardi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
14:41 / 24.07.2024