Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshalik deputat hosilni yig‘ib olish uchun ukrainaliklarni o‘zbek muhojirlari bilan almashtirishni taklif qildi
Polsha parlamenti deputati va mahalliy bog‘bonlar uyushmasi prezidenti Miroslav Malishevskiy o‘rim-yig‘im davrida ukrainaliklarni o‘zbeklar bilan almashtirishni taklif qildi.
Foto: Wiadomosci ze swiata
Wiadomosci ze swiata nashrining yozishicha, ukrainaliklarning harbiy xizmatga chaqirilishi sababli mamlakatni tark etishi taqiqlangani fonida Polshada meva yig‘ish bilan bog‘liq vaziyat ishchilar yetishmasligi tufayli yomonlashmoqda.
«Ishchilar yetarli emas. Birinchidan, yuk mashinasini haydash, traktor haydash va o‘g‘it sepish kabi murakkabroq vazifalarni o‘z zimmasiga oladigan erkaklar yetishmayapti», — dedi polshalik deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab fermerlar reza mevalar chirib ketayotganidan, iste’molchilar esa oshib ketgan narxlardan shikoyat qilmoqda. Shuning uchun ham polyaklar hozir o‘zbek ishchilarini Polshaga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Rossiyadagi inqiroz tufayli to‘rt milliondan ortiq o‘zbekistonlik o‘z vataniga qaytdi, endi ular ishsiz va Polshaga kelishga tayyor», — dedi Miroslav Malishevskiy.
Mavzuga oid
15:56 / 02.02.2026
Polshaga Belarusdan yana havo sharlari uchib keldi
13:11 / 28.01.2026
Aushvitsda omon qolgan mahbus: jamiyatda nafrat yana kuchaymoqda
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
10:25 / 19.01.2026