Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi shaharda qurg‘oqchilik sababli favvoralar o‘chirildi
Lombardiya oblasti hokimiyati qurg‘oqchilik bois favqulodda holat rejimini e’lon qildi.
Milan meri Juzeppe Sala qurg‘oqchilik sababli shahar favvoralarini o‘chirish va maysalarni sug‘orishni to‘xtatish to‘g‘risida farmoyish berdi.
Salaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, fuqarolar "suvdan foydalanishni minimum darajagacha kamaytirishlari so‘raladi". Shuningdek, shahardagi favvoralar o‘chiriladi, maysalarni sug‘orish to‘xtatiladi. Faqat qimmatbaho daraxtlar tomchilatib sug‘orilishi mumkin.
Shu bilan birga, Sala shahardagi suv ichish uchun mo‘ljallangan favvoralar ishlashda davom etishini ta’kidladi.
Do‘konlar, ofislar va uylarda haroratni 26 darajadan pasaytirmaslik tavsiya qilinmoqda.
Avvalroq Lombardiya oblasti hokimiyati qurg‘oqchilik bois favqulodda holat rejimini e’lon qilgandi. Lombardiya prezidenti Attilio Fontananing "suv tanqisligi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat" tufayli chiqarilgan buyrug‘iga ko‘ra, fuqarolar suvdan o‘ta tejamkor va samarali usullar yordamida foydalanishlari lozim.
Italiya qishloq xo‘jalik vaziri Stefano Patuanellining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qurg‘oqchilik bilan bog‘liq "dramatik vaziyat" yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026