O‘zbekiston | 16:14 / 29.06.2022
10931
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablarida bir o‘ringa 200ga yaqin talabgor to‘g‘ri kelyapti – agentlik

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tarkibiga kiruvchi maktablarga talab oldingi yildagidan 2 barobar oshgan.

Foto: Prezident ta’lim muassasalari agentligi

Bugun, 29 iyun kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan prezident maktabiga imtihonlar, qabul kvotasi va tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda yangi o‘quv yili uchun agentlik tarkibiga kiruvchi maktablarga bo‘lgan talab haqida ma’lumot berildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, bu yil prezident maktablariga talab oldingi yilgidan 2 barobar oshgan.

“Prezident maktablariga talabgorlar yildan yilda 2 baravarga oshib bormoqda. O‘tgan yili har bir o‘ringa 100dan ziyod o‘quvchi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu yil bitta o‘ringa 200ga yaqin talabgor ariza topshirgan. Tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 300 mingdan ziyod hujjat topshirilgan”, – dedi Hilola Umarova.

Agentlik rahbari o‘rinbosari Alisher Ubbiyevning qo‘shimcha qilishicha, bu yil prezident maktablariga 41930ta, ijod maktablariga 4500ta ariza kelib tushgan.

Mavzuga oid