Jahon | 21:57 / 29.06.2022
16262
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukraina 144 nafardan harbiy asirlarni almashdi

Ukraina tomonining ma’lum qilishicha, vatanga qaytgan 144 nafar harbiyning 95 nafari «Azovstal» himoyachilari bo‘lib, ulardan 43 nafari «Azov» polki askarlari hisoblanadi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiya va Ukraina o‘zaro harbiy asirlar almashuvini o‘tkazdi.

«Bugun Donetsk xalq respublikasi va Rossiya Federatsiyasining asirga olingan 144 nafar jangchisini uylariga qaytaryapmiz»,— dedi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR rahbari Denis Pushilin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, almashtirilgan ukrainaliklarning aksariyati yaradorlardir.

Pushilinning aytishicha, Ukraina asirligidan ozod qilinganlar orasida «juda qimmatli» harbiylar va safarbar qilingan askarlar bor. U almashtirilgan ukrainalik asirlar orasida «Azov» askarlari bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.

Ukraina tomonining ma’lum qilishicha, vatanga qaytgan 144 nafar harbiyning 95 nafari «Azovstal» himoyachilari bo‘lib, ulardan 43 nafari «Azov» polki askarlari hisoblanadi.

Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasida 13-marta harbiy asirlar almashuvidir. 28 iyun kuni 17 nafar ukrainalik harbiy 15 nafar rossiyalik harbiyga almashtirilgandi.

Mavzuga oid