Bugun, 29 iyun kuni olingan surat: GES agregati yölida suv otilib çiqişi hamon davom etmoqda / Foto: Kun.uz

Kun.uz muxbiri 22 iyun kuni Töpalang suv omboridagi voqealarga oydinlik kiritiş maqsadida u yerda bölib, mas’ullardan izoh olişga va hududdagi asl holat bilan tanişişga ruxsat söradi. Biroq mazkur hududda ayni paytda komissiya iş olib borayotganini rökaç qilib, kirişga ruxsat berilmadi.

Şundan söng öşa yerda işlaydiganlar va vaziyatdan yaxşi xabardor fuqarolar bilan suhbatlaşib, holatga aniqlik kiritişga uringan Kun.uz muxbiriga ma’lum bölişiça, bu – Töpalang suv ombori bilan boğliq birinçi favqulodda holat emas ekan. Masalan, 10 yilça avval 20 kun ketma-ket yoğgan yomğir suv ombor sathini kötarib yuborgan, omborga kelib quyilayotgan suv undan çiqarib yuboriş mumkin bölgan miqdordan ortgan. Suvning töğondan oşib tuşişi xavfi paydo bölgan. Ma’lumot bergan şaxslar bu holatning yaxşilik bilan yakun topganini ta’kidlaşgan.

Aytilişiça, bu oxirgi holat avvalgilarining oldida «arzimas» avariya deb talqin qilinmoqda.

«Hozir töğonga heç narsa xavf solmayapti. Şunçaki, suv omboridan Töpalang GESga kelayotgan suv yölini yopişolmayapti emiş, xolos. Suv omborning töğoni esa bus-butun, unga zarar yetmagan.

GES agregatlariga suv olib keluvçi 4 ta quvurning biridagi suv yölini tösuvçi temir darvozasi buzilgan. Voqea töğondan taşqarida – 500 metr pastda bölyapti», deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Voqea joyi xaritasi

Dastlabki kun tarqalgan videoda GES maşina zalini suv yaxşigina bosgani tasvirlangan. Suvsiz daryo özani suvga tölgan. Toşqin suv yölidagi boğlardan birining çetini ham öpirgan. Töpalang daryosiga şiddat bilan bostirib kelayotgan loyqa suv, oqib kelayotgan ildizidan qöporilgan daraxtlarni, suv ombor tomon yönalgan içki işlar va qutqaruv xizmati xodimlarini körgan aholida qörquv paydo bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan skrinşot

Hudud aholisi voqeani videoga olib, bir-biriga yuborib, köç-köronini, xonadonidagi mollarini taşlab, toğlarga çiqib ketişgan. Ayrimlari poytaxtga qarab yölga çiqişgan.