Yöqolgan bolaning otasi Sardor Iskandarovning Kun.uz'ga aytişiça, uning oilasi 26 aprel kuni Termiz şahridan hordiq çiqariş uçun Sangardak dam oliş maskaniga borgan. Bolaning onasi farzandiga kerakli buyumni oliş uçun bir neça daqiqaga maşinaga ketgan vaqtda ikki yoşli Zubayr dam oliş joyi yaqinidagi qum uyumi ustida öynab ötirgan bölgan. Biroq ona qaytib kelganida bola ğoyib bölgan.

Otaning ta’kidlaşiça, dastlabki daqiqalardagi stress va vahima oqibatida ona farzandi yaqin atrofdagi anhorga tuşib ketgan bölişi mumkinligini aytgan va şu sababli asosiy qidiruv işlari ğavvoslar yordamida suvdan izlaşga qaratilgan.

Biroq Sardor Iskandarov uşbu taxmindan şubhalanmoqda. Uning ta’kidlaşiça, ötgan ön kun davomida daryodan heç qanday iz topilmagan. Daryoga qaratilgan kuzatuv kameralari ham sinçiklab körib çiqilgan.

Bundan taşqari, qidiruv davomida bolaning sörğiçi daryo qirğoğidan emas, balki voqea joyidan nariroqdagi daraxt tagidan topilgan. Ota qidiruvga jalb qilingan xizmat itlari ma’lum bir yönaliş böylab hid olgani, biroq öşa vaqtda bu yönaliş yetarliça tekşirilmagani aytmoqda.

Iskandarovning iddao qilişiça, hududdagi sotuvçi ayollardan biri öşa kuni şubhali şaxs ikki yoşli bolaga mos keladigan gigiyenik tagliklar sotib olganini aytgan. Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda bola yöqolganini aytib qöyilgan xabarlar ostida yangi oçilgan profillardan «bola tirik, menda» mazmunidagi izohlar yozilgan. Sardor Iskandarov ön kundan buyon IIB xodimlari asosiy e’tiborni faqat suvga qaratayotganidan xavotirda ekanini bildirib, farzandini topişda va qidiruv yönalişini özgartirişda amaliy yordam söramoqda.

Kun.uz Zubayr Salimovning yöqolgani yuzasidan Sariosiyo tuman IIB bilan boğlandi.

“Z.Salimov suv qirğoğiga yaqin joyda qarovsiz qolgani va uning daryoga tuşib ketiş xavfi yuqori bölgani sababli, IIB va FVB xodimlari tomonidan daryoning quyi oqimi böylab keng qamrovli qidiruv hamda aholi örtasida suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, 2026 yil 1 may kuni bolani topiş böyiça rasmiy qidiruv yiğma jildi oçilgan. Hozirda voyaga yetmagan bolaning jinoyat qurboni bölişi mumkinligi haqidagi taxminlar ham istisno qilinmagan holda, keçiktirib bölmaydigan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi idora izohida.

Eslatib ötamiz, ötgan yili Xorazm viloyatidan Zomin tumanidagi toğli qişloqqa sayohatga kelgan oilaning ikki yoşli farzandi ham sirli ravişda ğoyib bölib, bir neça kundan söng uning jasadi topilgan edi. Keyinçalik uni «Zomin» sanatoriysida feldşer bölib işlagan erkak maşinasida urib yuborgani va izni yöqotiş maqsadida jasadni yaşirgani