OFK kubogi. «So‘g‘diyona» Turkmaniston klubini mag‘lub etib, guruh peshqadami sifatida pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi
OFK kubogi «E» guruhi 3-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» hamda Turkmanistonning «Oltin asr» jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Foto: So‘g‘diyona
Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan bahsda Ulug‘bek Baqoyev murabbiyligidagi Jizzax jamoasi ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Shoxruz Norxonovning uzatmasidan keyin Jasur Hasanov hisobni ochdi – 1:0
48-daqiqada Javohir Qahramonov Xalilovning uzatmasini golga aylantirdi – 2:0.
60-daqiqada esa Jasur Hasanov yana katta sahnaga chiqdi. 38 yoshli futbolchi ajoyib zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi – 3:0. Bu uning turnirdagi 3-o‘yinda kiritgan 3-goli bo‘ldi. U shuningdek, 3ta assist amalga oshirgan.
Ko‘p o‘tmay, turkmanistonliklar farqni biroz qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi – 3:1.
Shu tariqa, Dushanbeda o‘tgan guruh bosqichidagi uchinchi o‘yinni ham Jizzax klubi g‘alaba bilan yakunlab, 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda guruh peshqadamligini qo‘lga kiritdi. «So‘g‘diyona» kuzda turnirning mintaqaviy yarimfinal bosqichiga yo‘llanma oldi.
OFK kubogi. 3-tur. 30 iyun
«So‘g‘diyona» - «Oltin asr» (Turkmaniston) – 3:1
Dushanbe. «Markaziy» stadion.
Hakam: Ali Hasan Ibrohim (Bahrayn)
Gollar: Jasur Hasanov 20, 60, Javohir Qahramonov 48 – Nurmurat Roziyev 65.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov, 7. Shahboz Jo‘rabekov (16. Artyom Filiposyan, 60), 10. Shoxruz Norxonov (8. Marat Bikmayev, 62), 11. Jasur Hasanov (3.Dian Talxatov, 81), 19. Javohir Qahramonov (33.Doniyor Abdumannopov, 62), 21. Abdujalil Manazarov (12.Xislat Xalilov, 46), 31.Luka Chermel, 77. Daniyel Nasriddinov, 93. Marko Kolakovich.
«Oltin asr»: 1. Mammet Orazmuhammedov, 2. Zafar Babajanov, 5. Guychmirat Annaguliyev, 8. Ahmet Atayev, 10. Rahmat Miradberdiyev, 11. Murat Yaxshiyev, 17. Mirat Annayev (29. Nurmirat Roziyev, 58) 18.Furkat Tursunov (12. Ixlas Toyjanov, 58), 20. Begmirat Bayov (3.Selim Atayev, 58), 22. Rovshengeldi Xolmammedov, 27. Velimrat Ballakov ( 14. Ahmad Nurmetov, 79).
Chetlatish: R. Miradberdiyev (Oltin asr), 40.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:54 / 06.06.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025