Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada OAVni «feyklar» uchun sud ishtirokisiz yopish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
OAVni «feyklar» va armiyani «obro‘sizlantirish» uchun sud ishtirokisiz yopishga ruxsat beruvchi qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunbuzarliklar takroran sodir etilgan taqdirda, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Davlat dumasi deputatlari uchinchi, yakuniy o‘qishda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga ommaviy axborot vositalarini «feyklar», Rossiya qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirish» va «sanksiya qo‘llashga chaqiriqlar»ni tarqatgani uchun suddan tashqari yopish huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda 30 iyun, payshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.
Yakuniy o‘qishda qonun loyihasiga «xato qilish huquqi» deb ataladigan narsa kiritildi, unga ko‘ra, OAV ro‘yxatdan o‘tishdan mahrum etilmaydi yoki internetda bir zumda va butunlay bloklanmaydi.
Birinchi qoidabuzarlik holatida prokuratura Roskomnadzordan OAV faoliyatini uch oygacha, ikkinchi qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda esa olti oygacha muddatga to‘xtatib turishni talab qiladi. Agar ushbu shartlar doirasida OAV qonunbuzarliklarni bartaraf etsa, u holda Roskomnadzor qarori bilan o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Qabul qilingan qonunga ko‘ra, huquqbuzarliklar takroran sodir etilgan taqdirda, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Hujjatda, shuningdek, xorijdagi rus OAVga qarshi xuddi shunday harakatlarga javoban Rossiyada xorijiy OAVni taqiqlash imkoniyati ham ko‘rsatilgan.
Qonun loyihasi davlat dumasiga 6 aprel kuni Rossiya ichki ishlariga xorijiy davlatlarning aralashuvi faktlarini tekshirish bo‘yicha duma komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan edi.
Rossiyaning «OAV to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, ilgari faqat Roskomnadzor da’vosi bo‘yicha sud nashrni, shu jumladan xorijiy nashrni litsenziyasidan mahrum qilishi mumkin edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026