Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Yevropa ittifoqiga elektr energiyasi eksportini boshladi
Ukrainadan elektr energiyasi Ruminiyaga yetkazib berilmoqda, dedi prezident Volodimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap nafaqat Ukraina uchun eksport daromadi, balki butun Yevropa xavfsizligini ta’minlash haqida ketmoqda.
Ukraina Yevropa ittifoqiga elektr energiyasining «katta eksporti»ni boshladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 30 iyun, payshanba kuni Telegram’da e’lon qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi.
«Bugun Yevropa ittifoqi bilan yaqinlashuvimizda yana bir muhim qadam bo‘ldi», — dedi Zelenskiy. U Ruminiyaga elektr energiyasi yetkazib berilayotganini qo‘shimcha qildi. «Bu faqat birinchi bosqich, biz yetkazib berishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, gap Ukraina uchun nafaqat eksport daromadi, balki butun Yevropa xavfsizligini ta’minlash haqida ketmoqda. Siyosatchi Kiyev urush boshlanganidan keyin Yevropa energetika tizimiga qo‘shilganini eslatdi.
16 martdan boshlab Ukraina va Moldova kontinental Yevropa energetika tizimining bir qismidir. Sinov sinxronizatsiyasi uch oy oldin Yevropa elektr uzatish tizimi operatorlari tarmog‘i (ENsO-E) tomonidan e’lon qilingan.
Ukraina va Yevropa energiya tizimlarining yaqinlashuvi 2017 yilda boshlangan. Ukraina tarmoqlari va elektr stansiyalarini rivojlantirishga qariyb 700 million yevro sarmoya kiritildi. Dastlab, jarayonni yakunlash 2023 yilgacha rejalashtirilgan edi, ammo yakunda Ukraina energiya tizimlarini Rossiya va Belarusdan uzish joriy yilning fevral oyida amalga oshirildi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026