2021 yil dekabr oyida qabul qilingan “Favqulodda holat töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun – Özbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holat joriy etiş şartlari va tartiblarini belgilab beradi.
Hujjatga asosan, favqulodda holat fuqarolar hayotiga, soğliğiga va xavfsizligiga, Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan holatlar hamda favqulodda çoralar qöllamasdan bartaraf etiş mumkin bölmagan alohida holatlarda joriy etiladi.
Bunday holatlar jumlasiga real taşqi xavflar, ommaviy tartibsizlik va terrorçilik harakatlari, diniy, milliy va çegaraviy nizolar, şuningdek, yirik halokatlar, epidemiyalar va boşqalar kiradi.
Qonunga köra, favqulodda holat prezident farmoni bilan joriy etiladi hamda uç sutka içida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.
Favqulodda holatning amal qiliş muddati – Özbekistonning butun hududida öttiz sutkadan, ayrim hududlarda esa oltmiş sutkadan oşişi mumkin emas. Şuningdek, favqulodda holatni joriy etiş maqsadlariga erişilmagan bölsa, uning amal qilişi prezident farmoni bilan yana bir muddatga uzaytirilişi mumkin.
Favqulodda holatning töliq, qisman yoki muddatidan ilgari tugatilişi ham prezident farmoni bilan amalga oşiriladi.
Favqulodda holat amal qiliş davrida quyidagi çoralar va vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkin:
- favqulodda holat joriy etilgan hududda davlat boşqaruvi va fuqarolar özini özi boşqariş organlarining vakolatlarini töliq yoki qisman töxtatib turiş;
- favqulodda holat joriy etilgan hudud böylab harakatlaniş erkinligiga nisbatan çeklovlar;
- mazkur hududga kiriş va undan çiqişning alohida rejimi yoki kiriş-çiqişni butunlay töxtatiş;
- jamoat tartibini, muhim obektlar hamda aholining hayot faoliyati muhofazasini kuçaytiriş;
- faoliyatning ayrim turlarini körsatişga nisbatan çeklovlar joriy qiliş hamda oziq-ovqat, eng zarur narsalarni taqsimlaşning alohida tartibi;
- yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar, şuningdek, boşqa ommaviy tadbirlar ötkazilişini taqiqlaş yoki çeklaş;
- transport vositalari harakatini çeklaş, ularni tekşiriş va boşqalar.
Bundan taşqari, yuqoridagi çeklovlarga qöşimça ravişda prezidentning tegişli farmoni bilan quyidagi qöşimça çoralar va vaqtinçalik çeklovlar ham kiritilişi mumkin:
- komendantlik soatini joriy etiş;
- hududiy mudofaa tadbirlarini amalga oşiriş;
- şartlari va tartibini körsatgan holda OAVlar faoliyatini çeklaş;
- fuqarolar va xorijiy fuqarolarning hujjatlari hamda barça aşyolarini közdan keçiriş;
- qurol, öq-dorilar, psixotrop moddalar hamda alkogol mahsulotlari muomalasining alohida rejimini belgilaş;
- favqulodda holat rejimini buzayotgan va uşbu hududda yaşamaydigan şaxslarni öz hisobidan çiqarib yuboriş;
- aholini xavfsiz hududlarga vaqtinça yaşab turiş uçun majburiy evakuatsiya qiliş (statsionar yoki köçma turar joy berilgan holda);
- karantin joriy etiş;
- davlat va mulkçilik şaklidan qat’i nazar barça taşkilotlarning resurslarini safarbar etiş, ularning iş rejimini özgartiriş;
- avariya-qutqaruv işlari zarurati bölganda mehnatga layoqatli aholini, yuridik va jismoniy şaxslarning transport vositalarini majburiy ravişda jalb etiş mumkin böladi.
Favqulodda holat joriy etilişi sabablariga qarab, yuqoridagi favqulodda çoralar va vaqtinçalik çeklovlarning butun majmui ham, ularning ayrimlari ham joriy etilişi mumkin. Ayni vaqtda Qoraqalpoğistonda joriy etilgan favqulodda holatda belgilangan çeklovlar bilan uşbu havola orqali tanişib çiqiş mumkin.
Qoraqalpoğistonda favqulodda holat e’lon qilindi
Qonunçilikda Özbekistonning butun hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida saylovlar va referendumlar ötkazilmasligi belgilangan. Ayrim hududlarda joriy etilgan favqulodda holat davrida esa uşbu joyda joylaşgan xalq deputatlari Kengaşlariga saylov va fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovi ötkazilmaydi.
Favqulodda holat davrida vakolat muddati tugagan mansabdorning vakolatlari esa favqulodda holatning amal qiliş davri tugaguniga qadar uzaytiriladi.
Bundan taşqari, favqulodda holat joriy etiş töğrisidagi farmonga zid bölgan prezident va hukumat hujjatlari, şuningdek mahalliy hokimiyat organlari qarorlari favqulodda holatning amal qiliş muddatiga qadar töxtatib turilişi mumkin.
Qonunga köra, favqulodda holat rejimini ta’minlaş böyiça maxsus davlat boşqaruvi organlari Davlat komissiyasi yoki hudud komendaturasi tuziladi.
Maxsus davlat boşqaruv organlariga favqulodda vaziyatga asos bölgan holatlarni bartaraf etiş hamda hududni boşqariş böyiça tezkor tadbirlar ötkaziş kabi asosiy vazifalar yuklanadi.
Davlat komissiyasi favqulodda holatni joriy etişga asos bölgan holatlar töliq yoki qisman bartaraf qilinganda, prezidentga çeklovlarni töliq yoki qisman bekor qiliş yoki uşbu rejimni tugatiş töğrisida taklif kiritadi.
Şuningdek, komissiya prezidentga va hukumatga favqulodda holat rejimini ta’minlaş masalalari böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini körib çiqiş uçun kiritiş huquqiga ega.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlovçi kuçlar va vositalarning yagona boşqaruvini amalga oşiriş uçun prezident farmoni bilan hudud komendanti tayinlanadi.
Ayni vaqtda Qoraqalpoğiston hududining komendaturasi taşkil etilgan bölib, unga Milliy gvardiya qömondoni Rustam Jörayev komendant etib tayinlangan.
Prezidentga yoki Davlat komissiyasiga böysunuvçi hudud komendanti favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini ta’minlaş masalalari yuzasidan barça davlat boşqaruvi organlari, mansabdor şaxslar, fuqarolar tomonidan tegişli hududda bajarilişi şart bölgan buyruqlar va farmoyişlar çiqaradi.
Agar prezidentning favqulodda holat joriy etiş töğrisidagi farmonida boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, komendatura taşkil etilgan hududda faoliyat yurituvçi davlat boşqaruvi organlari faoliyati töxtatilmaydi.
Favqulodda holat rejimini ta’minlaş uçun Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, DXX va Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlarning kuç va vositalaridan foydalaniladi.
Bundan taşqari, Favqulodda holat rejimini saqlab turiş uçun qöşimça ravişda Mudofaa vazirligining kuç va vositalari ham jalb etilişi mumkin.
Avariya-qutqaruv va boşqa keçiktirib bölmaydigan işlarni amalga oşiriş hamda ta’minlaş uçun jalb etilgan şaxslar mehnatiga haq tölaş kafolatlanadi.
Qonunçilik böyiça, favqulodda holatni joriy etiş uçun asos bölgan holatlarni yöq qiliş yoki ularning oqibatlarini bartaraf etiş böyiça çoralar qöllanişi natijasida jabrlangan şaxslarga, şuningdek favqulodda çoralar va vaqtinçalik çeklovlar oqibatida zarar körgan şaxslarga uşbu zararning örni hukumat tomonidan belgilangan tartibda qoplab berilişi kerak.
Şuningdek, qonunçilikda favqulodda holat rejimini saqlab turişda qatnaşgan kuç tuzilmalari xodimlari va boşqa şaxslarga hukumat qarori bilan qöşimça kafolatlar va kompensatsiyalar berilişi nazarda tutilgan.
Favqulodda holat şaroitlarida qöllanadigan çoralar va vaqtinçalik çeklovlar Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro şartnomalariga zid bölmasligi kerak. Şuningdek, bu çeklovlar fuqarolar va insonning Özbekiston Konstitutsiyasining 24, 25, 26-moddalarida, 27-moddasining birinçi qismida, 30, 31 va 44-moddalarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklarini çeklaş uçun asos böla olmaydi.
«Favqulodda holat töğrisida«gi qonunda nazarda tutilgan çeklovlarni kengaytirib talqin etiş va boşqa çeklovlarni belgilaş mumkin emas.
Favqulodda holat şaroitida jismoniy kuç işlatişning, jangovar va maxsus texnikani hamda öqotar qurolni qöllaşning qonunlarda belgilangan şartlari va çegaralari favqulodda holat şaroitlarida özgartirilmaydi.
Xususan, “Favqulodda holat töğrisida”gi qonunning 28-moddasiga köra, komendantlik soati qoidalarini buzgan şaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar uşlab turiladi, yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar bölmagan şaxslar esa içki işlar organi boşliğining qaroriga köra köpi bilan yigirma tört soat muddatga uşlab turilişi mumkin.
Uşlab turilgan şaxslar, ularning yonida bölgan narsalar va hujjatlar, şuningdek ularning transport vositalari qonunçilikda belgilangan tartibda közdan keçirilişi mumkin. Şaxslarni saqlaş tartibiga rioya etilişi ustidan nazorat qiliş prokuror tomonidan amalga oşiriladi.
Favqulodda holatning amal qiliş muddati tugaganda huquqlarni vaqtinça çeklaş bilan boğliq bölgan barça hujjatlar ham bir vaqtda tugatiladi. Bundan taşqari, bu favqulodda holat rejimini buziş töğrisidagi ma’muriy iş yuritişning tugatilişiga va ma’muriy yöl bilan uşlab turilgan şaxslarning yoki mazkur huquqbuzarlik uçun ma’muriy qamoqqa olinganlarning darhol ozod etilişiga sabab böladi.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda sudlov jarayonlari faqat sudlar tomonidan amalga oşiriladi. Sudlarning boşqa şaklini tuziş, tezlaştirilgan yoki favqulodda sud işlarini yuritişning har qanday şakllariga yöl qöyilmaydi.
Qonunga muvofiq, Oliy Majlis favqulodda vaziyatga doir farmonni tasdiqlagaç Taşqi işlar vazirligi 3 kun muddatda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibini insonning fuqarolik va siyosiy huquqlarini vaqtinça çeklaş hajmi hamda favqulodda holatni joriy etiş şartlari töğrisida xabardor qiladi.
Şuningdek, TIV Özbekistonning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilganda, farmon tasdiqlangaç 24 soat içida çegaradoş davlatlarni favqulodda holatni joriy etişga asos bölgan holatlar töğrisida xabardor qilişi kerak.
Milliy gvardiya axborot xizmati boşliği Davron Jumanazarovning ma’lum qilişiça, ayni damda hudud komendantining buyruği bilan Qoraqalpoğistonda tuman-şaharlarda komendant vazifalarini bajariş içki işlar idoralari boşliqlariga yuklatilgan.
Şuningdek, aholi zarur savollar böyiça komendaturaning 1215 qisqa raqamlariga qönğiroq qilib, javob olişi mumkin.













