Tartibsizliklar haqida gaplaşarkanmiz, konstitutsiyaga taklif qilingan tahrirda Qoraqalpoğistonga oid bandlar zarurati, ğoyasi özi nimada edi va uning realizatsiyasida qanday kamçiliklarga yöl qöyildi, degan tabiiy savollar bilan ham yuzlaşamiz.
Ikkinçidan, Nukus voqealarida rasmiylar aytayotgani kabi xorijdagi kuçlarning qöli bormi?
Bu yoğiga-çi, bizni qanday yangiliklar kutmoqda?
Kun.uz muxbiri Qoraqalpoğistondagi sönggi voqealar yuzasidan paydo bölayotgan şu va boşqa savollar bilan siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi.
Intervyu davomida şuningdek, konstitutsiya islohoti borasida barça jarayonlarga mas’ul bölgan konstitutsiyaviy komissiya, uning rahbari va 46 nafar a’zosi hozir qayerda, nega şu paytgaça biror söz aytmayapti degan savollarga ham javob izlandi.
— Kamoliddin aka, intervyu avvalida Qoraqalpoğistondagi voqealardan sal orqaroqqa qaytib, konstitutsiya islohi va Qoraqalpoğistonga tegişli öşa törtta modda haqida söramoqçiman. Ayting-çi, bu moddalarda taklif qilingan “suveren” sözini olib qöyiş va referendumlar orqali Qoraqalpoğistonning mustaqil bölib çiqiş qatorini olib taşlaş nima degani özi?
Şuningdek, bu ayrimlar aytayotgani kabi tinç turgan arining iniga çöp tiqiş edimi yo qandaydir siyosiy, geosiyosiy, huquqiy sabablari ham bormidi?
—Öylaşimça, bu zarurat edi va bu zarurat allaqaçon pişib yetilgandi. Endi qarang, dunyoda “xalqaro huquq” degan tuşunça mavjud. Unga köra, bir suveren bölgan bir davlatning tarkibida boşqa bir suveren, mustaqil davlat bölişi mumkin emas.
Buning ustiga BMT bor va u dunyodagi eng yirik xalqaro taşkilot. Bu taşkilotga har bir davlat özining ramzlari, hududi, sarhadlari, şaharlari hamda çegaralar uzunligi bilan kiradi. Ya’ni BMTni dunyodagi eng katta kadastr deyişimiz mumkin.

Hozir dunyo hamjamiyati Özbekistonni suveren davlat sifatida tan olgan. Şundan kelib çiqib, Özbekiston qonunçiligi, Özbekiston Konstitutsiyasi va hududiy, huquqiy tizimni körib çiqişiga katta ehtiyoj bor edi.
Bu masalani qaçondir baribir kötariş mumkin edi deb öylayman, sababi globallaşgan dunyoda davlat ravnaqi, taraqqiyoti uçun, şuningdek, davlatning siyosiy va geosiyosiy mustaqilligini mustahkamlaş va mintaqada integratsiyani jadallaştiriş uçun mana şu içki ziddiyatlarni ertami, keçmi olib taşlaş kerak edi. Töğri, hozir bu masalaning kötarilişi ma’lum bir çayqalişlarga, zöriqişlarga sabab bölyapti, lekin ertami, keçmi bölişi kerak edi.














