Dunyo konlaridan tabiiy uran ishlab chiqarishning uchdan ikki qismi Qozog‘iston, Kanada va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Jahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) ma’lumot berdi.

2021 yilda qazib olingan uranning eng katta qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qo‘shni respublikada o‘tgan yil davomida 21,8 ming tonna uran ishlab chiqarilgan va bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha qazib olingan jami mahsulotning 45 foizini tashkil etadi. Keyingi pog‘onalarni Namibiya (5,7 ming tonna) Kanada (4,6 ming tonna) va Avstraliya (4,1 ming tonna) band etgan.

Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston beshinchi o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan yil davomida respublikada 3,5 ming tonna uran qazib olingan. Bu ko‘rsatkich 2020 va 2019 yillarda ham 3,5 ming tonnani, 2018 yilda esa 3,4 ming tonnani tashkil etgan.

O‘zbekiston 2020 yilda ham jahonda uran qazib olish bo‘yicha 5-o‘rinda edi.

Uran zaxiralari

Dunyo bo‘ylab tabiiy uran zaxiralari 6,14 million tonna hajmida baholangan. Shundan 28 foiz qismi Avstraliya, 15 foiz qismi Qozog‘iston va 9 foiz qismi Kanada hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda joylashgan Rossiya, Namibiya hamda Janubiy Afrika Respublikasi uran zaxiralarining mos ravishda 8 foiz, 7 foiz va 5 foiz qismiga egalik qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan uran konlarida 132,3 ming tonna resurslar mavjud ekanligi qayd qilingan. Bu butun dunyo bo‘yicha barcha uran xomashyosining 2 foizini tashkil qiladi.

Uranga bo‘lgan bir yillik talab qancha?

WNA tahlillariga ko‘ra