“Navoiyuran” axborot xizmatiga köra, korxonada xalqaro ISO 37001 “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejmenti” va ISO 37301 “Komplayens menejmenti” standartlari joriy etildi. Bu standartlar korxonada korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş, oldini oliş va bartaraf etişga qaratilgan samarali boşqaruv tizimining mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga mos iş yuritilişini körsatadi.
5 iyun kuni "CERT International" xalqaro sertifikatlaş taşkilotining boş auditori Riad Ibragimov mazkur standartlar böyiça sertifikatlarni “Navoiyuran” DK Boş direktori Djamal Fayzullayevga tantanali ravişda topşirdi. Uşbu sertifikatlar korxonaning ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga qat’iy amal qilişini va jahon miqyosidagi talablarga mos iş yuritişini yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib ötiş joizki, “Navoiyuran” davlat korxonasi bugunga qadar xalqaro ISO standartlarining beşta turi böyiça sertifikatlarga ega. Ularning orasida ISO 9001 (Sifat menejmenti), ISO 14001 (Ekologik menejmenti), ISO 45001 (Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaş menejmenti), ISO 27001 (Axborot xavfsizligi menejmenti) va ISO 50001 (Energetika menejmenti) standartlari mavjud.
Xalqaro ISO standartlari sonining 7 taga yetkazilişi "Navoiyuran" DKning korporativ boşqaruv, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlik sohalaridagi islohotlarga sodiq ekanini va ESG reytingini yaxşilaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
5 mart kuni bölib ötgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida belgilab berilgan topşiriq va vazifalar asosida "Navoiyuran" davlat korxonasi korrupsiyaga qarşi qat’iy kuraş va amaliyotda tizimli islohotlar olib borişni davom ettiradi.










