Malayziyaning nufuzli delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş hamda Samarqand şahridagi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Davlat xizmati böyiça forumida iştirok etiş uçun rasmiy taşrif bilan mamlakatda bölib turibdi.
Uçraşuv avvalida Fadilloh bin Yusuf davlatimiz rahbariga boş vazir Anvar Ibrohimning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston-Malayziya köp qirrali munosabatlarini joriy yil fevral oyida Kuala-Lumpurga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrifda erişilgan kelişuvlar doirasida yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Turli darajalardagi aloqalar, taşriflar va almaşinuvlar faollaşgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş hajmi 25 foizga oşdi. Qöşma korxonalar soni va aviaqatnovlar köpaydi. Ertaga ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari iştirokida biznes forumi bölib ötadi.

Iqtisodiy hamkorlikda mavjud salohiyatni röyobga çiqariş hamda savdo, innovatsiyalar, "yaşil" energetika, neft-gaz va kimyo, geologiya, suv resurslarini boşqariş, elektronika va yarimötkazgiçlar sanoati, soğliqni saqlaş, kadrlar tayyorlaş, ziyorat turizmini rivojlantiriş va boşqa ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini faol ilgari suriş muhimligi qayd etildi.












