Dunyo konlaridan tabiiy uran işlab çiqarişning uçdan ikki qismi Qozoğiston, Kanada va Avstraliya hissasiga töğri kelmoqda. Bu haqda Jahon yadro assotsiatsiyasi ma'lumot bermoqda.

2020 yilda qazib olingan uranning eng katta qismi Qozoğiston hissasiga töğri kelgan. Qöşni respublikada ötgan yil davomida 19,44 tonna uran işlab çiqarilgan va bu körsatkiç dunyo böyiça qazib olingan jami uranning 41 foizini taşkil etadi. Keyingi poğonalarni Avstraliya (6,2 ming tonna), Namibiya (5,41 ming tonna) va Kanada (3,88 ming tonna) band etgan.

Uşbu röyxatda Özbekiston beşinçi örinda qayd etilgan. Ötgan yil davomida respublikada 3,5 ming tonna uran qazib olingan. Bu körsatkiç 2019 yilda ham 3,5 ming tonna, 2018 yilda esa 3,44 ming tonnani taşkil etgan.

Ma'lumotlarga köra, Özbekistonda aniqlangan uran konlarida 132,3 ming tonna uran resurslari mavjud ekanligi qayd qilingan. Bu butun dunyo böyiça barça uran resurslarining 2 foizini taşkil qiladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) boş direktori örinbosari Nurmat Julibekovning «Ekonomiçeskoye obozreniye» jurnalida çiqqan maqolasiga köra, Özbekistonda olinuvçi uran respublikada qöllanmaydi va töliq hajmda xorijga eksport qilinadi. NKMK Özbekistonda tabiiy uran oluvçi yagona korxona va dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Korxona Jahon yadro assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanib, bugungi kunda uranni dunyoning yetakçi kompaniyalari, jumladan, AREVA NC (Fransiya), Converdyn (AQŞ), Cameco (Kanada), CNEIC (XXR) va boşqalarga eksport qiladi.