Özbekistonda tabiiy uran olinişi böyiça statistik ma'lumotlar taqdim qilindi. Uşbu ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Özbekiston uran oliş hajmi böyiça dunyoda 5-örinni, uran zaxiralari böyiça esa 10-örinni egallamoqda.

Bunday ma'lumotlar bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) boş direktori örinbosari Nurmat Julibekov “Ekonomiçeskoye obozreniye” jurnali bilan bölişdi. 

2019 yil avgustiga köra, dunyoda tabiiy uran zaxiralari hajmi 6,14 mln tonnaga baholanadi. Bundan 29,6 foizi Avstraliyaga, 13,7 foizi Qozoğistonga, 8,4 foizi Kanadaga töğri keladi. Keyingi örinlarni Rossiya, Namibiya, JAR, Xitoy, Nigeriya, Braziliya egallamoqda. Özbekiston esa 139,2 ming tonna uran zaxirasi bilan 10-örinni egallab kelmoqda.  

Şu bilan birga, Özbekiston uran oliş böyiça yiliga 3,5 ming tonnaga yaqin uran bilan dunyoda 5-örinni egallamoqda. Jumladan, Özbekistonda 2014 yilda 3128 tonna, 2015 yilda 3228 tonna, 2016 yilda 3325 tonna, 2017 yilda 3400 tonna, 2018 yilda 3445 tonna uran olingan. 

Özbekistonda olinuvçi uran respublikada qöllanmaydi va töliq hajmda xorijga eksport qilinadi.

Uran oliş böyiça kompaniyalar orasida “Kazatomprom” dunyoda 1-örinni egallamoqda. Qozoğiston kompaniyasi yiliga 11 tonnadan köproq uran oladi. Bu esa dunyoda bir yilda jami olinadigan uranning 20,5 foizini taşkil qiladi. NKMK bu borada dunyo böyiça 5-örinni egallamoqda. Uning hissasiga dunyoda olinadigan jami uranning 6,4 foizi töğri keladi. Kompaniya Özbekistonda tabiiy uran oluvçi yagona korxona  va dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi.   

Uran uluşi kompaniya eksportida 99,5 foizni taşkil qiladi. Korxona Jahon yadro assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanib, bugungi kunda uranni dunyoning yetakçi kompaniyalari, jumladan, AREVA NC (Fransiya), Converdyn (AQŞ), Cameco (Kanada), CNEIC (KNR) va boşqalarga eksport qiladi.

Ma'lumotlarga köra, 2019 yilda dunyo böyiça uranga bölgan ehtiyoj 63400 tonnani taşkil qilgan. Uranning asosiy iste'molçilari AQŞ (18161 tonna), Fransiya (9211 tonna), Rossiya (6264 tonna), Xitoy (5338 tonna), Janubiy Koreya (5013 tonna) hisoblanadi. 

Dunyo böyiça uranning yillik işlab çiqariş hajmi 60 ming tonnadan köproqni taşkil qiladi. Bu esa dunyoda uranga bölgan talabning 80-90 foiziga teng.