Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar, Ilon orolida yana ukrain bayrog‘i. Urush suratlari
Ukrainada urushning 134-kuni o‘tdi.
7 iyul kuni rossiyalik harbiylar ukrain shaharlaridagi aholi turar joy mavzelarini yana o‘qqa tutdi. Slovyansk va Kramatorskda ko‘plab binolar shikastlangan, qurbonlar va yaralanganlar bor. Rossiyada prokuratura moskvalik deputat, urushni urush deb atagan Aleksey Gorinov uchun yetti yillik qamoq jazosi so‘radi. Ukrain harbiylari Ilon oroliga davlat bayrog‘ini qaytarishdi, RF mudofaa vazirligi esa orolga raketa zarbasi yo‘llanib, bu yerga kelgan ukrain harbiylarining bir qismi yo‘q qilingani, qolganlar qochib ketganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi janglarda tanaffus boshlangani, «harbiy imkoniyatlarni to‘ldirish» jarayoni ketayotganini e’lon qildi.
Quyida 7 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorsklik yarador kishi vayron bo‘lgan kvartirasi polida yotibdi. Uning uyi Rossiya tomonidan uchirilgan raketalardan shikastlangan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW)ga ko‘ra, Rossiya armiyasi qo‘shinlarni qayta to‘plash va Slovyansk yoki Kramatorskka hujum qilish uchun «operativ tanaffus» olgan.
Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / TASS
Stanislav Krasilnikov / TASS
Stanislav Krasilnikov / TASS
AP Photo/Nariman El-Mofty
Ilon oroli
Ukrain nashrlari 7 iyul kuni erta tongda Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari mamlakat bayrog‘ini Ilon oroliga o‘rnatgani aks etgan suratlarni tarqatdi. Bayroqda Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi hamda Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbarining imzolaridan tashqari shunday bitik ham bor: ««Rus harbiy korabli, yodda tut, Zmeyiniy oroli — bu Ukraina». Bunga javoban Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari «yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi bilan ukrain harbiylarining bayroqni Zmeyiniy oroliga yetkazishga urinish barbod qilingani» haqida ma’lum qildi. Bir hafta oldin rossiyaliklar garnizoni oroldan «yaxshi niyatda» olib ketilgandi.
Xarkiv
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Mavzuga oid
13:21
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
20:13 / 22.12.2025
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi
19:54 / 22.12.2025