O‘zbekiston | 23:00 / 11.07.2022
9101
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax politexnika institutiga kiritib qo‘yish uchun 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zomin tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro L.K. boshqa bir fuqaro F.ni Jizzax Politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro J.X. fuqaro D.ni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali o‘qishini O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtiga ko‘chirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U xizmati evaziga 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid