Nodavlat ta’lim muassasalari ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasbga o‘qitadi

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 yanvardan ish bilan band bo‘lmagan kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida kasbga o‘qitish yangi tartibi joriy etilgan.
Nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyat turlari bo‘yicha kasbga o‘qitish asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitishda ish beruvchilar talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasini berish;
- o‘z kasbi bo‘yicha malakaga ega bo‘lgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga malakalarni baholash markazlari orqali malaka pasportlarini berish;
- malaka pasportlarini olgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlash uchun ham subsidiya berish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida tashkil etilgan Malakalarni baholash markazlarida o‘quv kurslarini tugatgan fuqarolarning bilim darajasini aniqlaydi va shu asosda ularga malaka pasportlarini beradi.
Bunda, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan Davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitilgan fuqarolarni malaka darajasini baholash uchun markazlarga yuboradi hamda malaka imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdori 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beradi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
Mavzuga oid

17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

18:16 / 15.05.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi

17:31 / 15.05.2025