Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazish grafigi tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, litseylarda imtihonlar joriy yilning 13 iyulidan 16 iyuliga qadar (har kuni) 2 smenada o‘tkaziladi.
Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika instituti tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazishning aniq muddatlari qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Bundan oldin qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytirilishi xabar berilgandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet muammosi tufayli qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul uzaytirilishini ma’lum qildi. Vazirlik qabul muddatiga aniqlik kiritmagan.






Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025