Jahon | 08:00 / 12.07.2022
4265
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Moliya vazirligi «Gazprom»ning suyultirilgan gazni rublda sotish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Moliya vaziri «Gazprom»ning suyultirilgan tabiiy gazni rublda sotish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Monopolist shunday g‘oyaga quvur gazini Rossiya valutasiga sotish boshlanganidan keyin kelgan.

Anton Siluanov / Foto: IMAGO

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov suyultirilgan tabiiy gazni (STG) rublda sotish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u 11 iyul, dushanba kuni chop etilgan «Vedomosti» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Biz tashqi savdodagi har qanday hisob-kitoblarni Rossiya valutasiga o‘tkazish tarafdorimiz. Hozirgi sharoitda bu adolatli», - dedi Siluanov. «Vedomosti»ning Moliya vazirligi «Gazprom»ning STGni rublda sotish taklifini qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savoliga vazir «biz buni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz», deb javob berdi. 

31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tabiiy gazni «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar»ga rublda sotish majburiyatini yuklagan farmonni imzoladi. 1 apreldan boshlab xaridorlar «Gazprombank»da maxsus rubl va valuta hisobraqamlarini ochishlari kerak, ular xorijiy valutada to‘lovlarni qabul qiladi va mustaqil ravishda rublga aylantiradi. 

Gazni quvurlar orqali yetkazib berish bo‘yicha monopolist «Gazprom» iyul oyida Yevropa ittifoqida quvur gazi uchun rublda to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini ma’lum qilgandi, bunda Rossiya STG raqobatbardosh ustunlikka erishadi. Rossiyaning eng yirik STG eksportchisi Leonid Mixelsonning «Novatek» kompaniyasi hisoblanadi. 

«Quvurdan o‘tuvchi gaz do‘stona bo‘lmagan yevropalik kontragentlarga rublda sotiladi. Lekin bu chora STG segmentiga taalluqli emas va yetkazib beruvchilar o‘rtasida qandaydir valuta raqobati mavjud», - dedi «Gazprom» departamenti rahbari o‘rinbosari Kirill Polous. 

Menejyer bojxona to‘lovlari ko‘rinishidagi tartibga solish usullarini joriy etishni va STGni Yevropaga emas, ya’ni «Gazprom» bozoriga, balki Osiyoga jo‘natish uchun iqtisodiy imtiyozlar yaratishni taklif qildi. «Shimoliy hududlarda STG ishlab chiqarish boshlanganidan buyon STGning yarmidan ko‘pi boshqasidan farqli o‘laroq, quvur gaziga boj to‘lanishi lozim bo‘lgan hududlarga yetkazib berildi», dedi u. 

Rossiya Energetika vazirligi STG eksportiga boj joriy etilishiga qarshi chiqdi. Kremlning aytishicha, STG ta’minotini tartibga solish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid