Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vaziri: «Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishning zarracha imkoni yo‘q»
Qizil Xoch bilan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar bo‘yicha kelishishga ham tayyor bo‘lmagan davlat bilan muzokara olib borib bo‘lmaydi, deya ta’kidladi Annalena Berbok.
Foto: Picture Alliance
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning fikricha, hozirda Rossiya bilan muzokaralar olib borishning zarracha imkoni yo‘q. «Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi bilan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklarni yaratish bo‘yicha kelishishga hatto tayyor bo‘lmagan davlat bilan nima haqida kelishib olish mumkin», dedi Berbok chorshanba, 13 iyul kuni chop etilgan Germaniyaning Stern jurnaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u bir guruh nemis ziyolilari va taniqli shaxslarining «Endi sulh!» ochiq xatida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar o‘tkazish chaqirig‘ini rad etdi. «Agar men ukrainalik bo‘lganimda, bu maktubni sodda, chalkash, takabburlik deb qabul qilgan bo‘lardim», dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari. «Germaniya tashqi ishlar vaziri qanday qilib Ukraina uchun, uning hududining qaysi qismidan voz kechishi, qancha million fuqarolari Rossiya hukmronligiga bo‘ysunishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin?» - deya ta’kidladi Annalena Berbok.
Bundan tashqari, u urush boshlanganidan beri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatmaganini aytdi. «Men: «Keling, Sergey, tinchlik muzokaralarini o‘tkazamiz» demoqchiman, lekin Lavrov hozir Rossiya rahbariyati nomidan bunday vakolatlarga ega ekanligiga shubha qilaman», dedi Berbok. «Bugungi kunda Rossiya tashqi ishlar vaziri bu masalalarda qanday rol o‘ynashi noma’lum va mavhum narsa», dedi u.
O‘tgan hafta Germaniya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Balidagi «Yigirmatalik guruhi» (G20) tashqi ishlar vazirlari sammitida ishtirok etishdi. Biroq, Lavrov o‘z nutqidan so‘ng, Berbokning nutqiga quloq solmay, darhol zalni tark etdi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38 / 01.01.2026
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi – tahlilchilar
14:45 / 01.01.2026