Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:50 / 13.07.2022
19920
6 daqiqa o‘qiladi
Mikolayivda bino devoriga qadalgan raketa, Xarkiv mudofaasida turgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 139-kuni o‘tdi.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
- 12 iyul kuni Xerson oblastidagi Nova Kaxovka shahrida (rossiyalik harbiylar nazoratida) ukrainlarning tungi hujumlaridan keyin detonatsiya davom etdi — Ukraina tomoni o‘q-dori ombori nishonga olinganini aytmoqda, Rossiya zarbalar selitra saqlanadigan omborga kelib tushganini ta’kidlamoqda. Rossiya nashrlarida yozilishicha, shaharda tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lgan, 80 kishi jabrlangan. Tunda Mikolayivda yigirmaga yaqin portlashlar eshitilgan.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Luhanskdagi portlash va yong‘in videolari tarqaldi. Tarmoq foydalanuvchilari bu ukrain kuchlarining HIMARS orqali rossiyalik harbiylarning o‘q-dori omborlariga yo‘llagan navbatdagi hujumlari ekanini aytishmoqda, ammo hozircha bu rasman tasdiqlanmagan.
- Chasiv Yarga yo‘llangan raketa zarbasi qurbonlari soni 47 nafarga yetdi, 9 kishi qutqarib olingan.
- Ukraina Ilon oroli ozod etilgach, dengiz orqali bug‘doy tashish tiklangani munosabati bilan oyiga 500 ming tonna g‘alla eksport qilishga umid qilmoqda. Allaqachon 16 kema Dunay orqali Qora dengizga o‘tgan va ukrain g‘allasi yuklanishini kutmoqda.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiylarga butun mamlakatni rossiyalik bosqinchilardan ozod etish bo‘yicha vazifa qo‘ygan - bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.
- Rossiya Ukrainaga urushda qurbon bo‘lgan 30 nafar ukrain askari jasadini topshirdi - ukrain manbalari bu jasadlar almashinuvi yoki bir tomonlama jo‘natish bo‘lgani borasida aniqlik kiritmagan.
Quyida 12 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Mikolayiv
Mikhail Palinchak / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Xerson oblasti
Foto: Sergey Bobilev / TASS
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish