O‘zbekiston | 11:31 / 14.07.2022
8011
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov Yevroittifoq davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto: Kun.uz

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Yevropa tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, mamlakat asosiy qonunchiligiga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar mazmuni va mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lamli, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar O‘zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim yaqinda imzolanganini olqishladi.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Yevropa hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Yevropa tomoni o‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonda professional ta’lim sohasini rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklida o‘zaro bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan vazirlar anjumani va tashqi ishlar idoralari rahbarlari uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Yevropa tomoni 2022 yilning ikkinchi yarmida Chexiyaning Yevropa ittifoqi kengashiga raisligi ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi, unda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid