Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada jazirama issiq sababli o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Portugaliyada qurg‘oqchilik mamlakatning deyarli butun hududida kuzatilmoqda. Ispaniyada hozirgi issiqlik to‘lqini so‘nggi o‘n yilliklardagi eng uzun bo‘lishi mumkin.
Janubiy Yevropada haddan tashqari jazirama issiq kuzatilmoqda. Ispaniyaning janubidagi Andalusiya va janubi-g‘arbidagi Ekstremadurada 13 iyul, chorshanba kuni havo harorati Tselsiy bo‘yicha 44 darajaga yetdi. Portugaliyaning markaziy qismida termometr 40 darajaga ko‘tarildi. Taqqoslash uchun: Germaniyada shu kuni maksimal harorat «atigi» 34 daraja edi.
Shu bilan birga, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliyada keskin havo harorati kuchli shamollar bilan birgalikda har kuni keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqaryapti.
Ulardan eng yiriklaridan biri – Portugaliya bilan chegara yaqinida joylashgan Ispaniyaning Kareses provinsiyasi Las-Urdes tumanidagi o‘rmon yong‘ini 3500 gektar maydonni qamrab olgan. Aemet meteorologiya xizmati Ispaniyaning 17 avtonom hamjamiyatidan (mintaqasi) 16 tasida hushyorlik darajasini oshirdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi issiqlik to‘lqini mamlakatda 1975 yildan beri kuzatilgan eng uzunlaridan biri bo‘ladi.
Portugaliyada 13 iyul kuni ertalab Lissabondan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Leyriya, Pombal va Oren shaharlari yaqinidagi to‘rtta yirik yong‘inni o‘chirishga 1500 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
Portugaliya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyining oxiridan boshlab mamlakatning 96 foizida kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda.
Gretsiyaning Samos orolida Paleoxori qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli ikki aholi punkti profilaktika maqsadida evakuatsiya qilindi. Shu bilan birga, grek matbuotiga ko‘ra, ushbu yong‘inni o‘chirish vaqtida Egey dengizidan suv tortib olmoqchi bo‘lgan vaqtida Ukrainada ijaraga olingan Mi-8 vertolyoti halokatga uchragan. Uchuvchi qutqarib olingan, bortdagilardan ikki nafari halok bo‘lgan, yana biri bedarak yo‘qolgan.
Fransiyada Atlantika okeani sohillarida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari minglab odamlarni evakuatsiya qilishga majbur qildi. Xususan, rasmiylar 6000 kishidan Bordo shahri atrofidagi kempinglarni tark etishni so‘radi. Bu hududda havo harorati yaqin orada 37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
09:15 / 15.06.2026