Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «milliy qudrat»dan foydalanishga va’da berdi
Jo Bayden va Isroil bosh vaziri Yair Lapid tomonidan Quddusda imzolangan bayonotga ko‘ra, AQSh «Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslikka» va’da beradi. AQSh prezidenti Yaqin Sharqqa safarini amalga oshirmoqda.
Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lish tahdidi nuqtayi nazaridan, AQSh prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqqa birinchi tashrifi chog‘ida Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «qat’iy sodiqligini» yana bir bor tasdiqladi. «Qo‘shma Shtatlar ushbu va’daning muhim qismi Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik majburiyati ekanligini ta’kidlaydi», deyiladi Bayden va Isroil yangi bosh vaziri Yair Lapidning 14 iyul, payshanba kuni Quddusda bergan bayonotida.
Ushbu maqsadga erishish uchun Qo‘shma Shtatlar «milliy qudratning barcha elementlaridan foydalanishga» tayyor, deyiladi hujjatda.
Bayonotga ko‘ra, Vashington Isroilning har qanday tahdiddan o‘zini himoya qilish qobiliyatini kuchaytirish niyatida. Eronning «tajovuzkorligi va beqarorlashtiruvchi faoliyati»ga qarshi turish uchun har ikki davlat boshqa hamkorlar bilan ishlashni hamda «tinchlik doirasiga» ko‘proq arablar va musulmonlarni qamrab olishni rejalashtirmoqda.
Isroil va AQSh, shuningdek, Falastin hududlarida iqtisodiyotni mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilash tashabbuslariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Avvalroq, yangi tashkil etilgan I2U2 guruhining (Isroil, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va AQSh) onlayn sammiti chog‘ida to‘rtta davlat rahbarlari energiya va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Yaqin Sharq safarining uchinchi kuni, 15 iyul kuni Bayden Iordan daryosi G‘arbiy sohiliga tashrif buyuradi, so‘ngra Saudiya Arabistoniga boradi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026