O‘zbekiston | 19:35 / 15.07.2022
9171
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlis Senatida Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15 iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashning muhim qismiga aylangani ta’kidlandi. O‘zbekiston Oliy Majlisi va Turkmaniston Milliy Kengashi huzurida tashkil etilgan parlamentlararo do‘stlik guruhlarining faoliyati alohida qayd etildi.

Joriy yil may oyida Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi parlamentlararo forumi va Ayollar muloqoti doirasidagi birinchi yig‘ilish yakunlari yuqori baholandi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni implementatsiya qilish borasida tajriba almashish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14 iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Mavzuga oid